Seul markazida Alisher Navoiyning byusti o‘rnatildi
Bugun, 16-dekabr sanasida Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahri markazida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning byusti ochildi.
Dunyoning yana bir go‘zal shahrida atoqli ajdodimiz xotirasiga tiklangan ko‘rkam yodgorlikning ochilish marosimi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va davlatimiz rahbarining mazkur mamlakatga davlat tashrifiga bag‘ishlandi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Navoiy hazratlarining yangi yodgorligi poyiga ilk bor gulchambarlar qo‘yildi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori Sharif, O‘sh, Dushanbe kabi dunyo shaharlarida Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter