Senat yalpi majlisida qaysi qonunlar ko‘rilishi ma’lum bo‘ldi
Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisini 2023 yilning 24 avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
«O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi hamda «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter