Kutilmagan yangilik: semizlikning ham foydasi bor ekan
Semiz kishilarda insultdan keyin yashab ketish imkoniyati yuqoriroq — Amerika nevrologiya akademiyasi olimlari shunday xulosaga kelishdi. Garchi ortiqcha vazn yurak xastaliklari xavfini tug‘dirsada, u insultdan so‘ng tiklanishda yordam berarkan.
Amerikalik olimlar miyasiga qon quyilishi kuzatilgan minglab keksa bemorlarni kuzatib borishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ortiqcha vaznga ega bemorlar o‘rtasida insultdan o‘lim holati vazni me’yordagi bemorlarga nisbatan 62 foiz kamroq kuzatilgan.
Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, o‘tkazilgan og‘ir darddan keyin tiklanish jarayoni cho‘zilib ketsa, tanasidagi ulkan oziq moddalari zaxirasi hisobiga semiz kishilar yashab qoladi. Biroq bu fakt ilmiy jihatdan isbotini topgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter