Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sektor rahbarining xonadoni gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi

Sektor rahbarining xonadoni gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi

Qish-qirovli kunlar boshlanmayoq havo sovib, qator muammolar tug‘dirayotgani bor gap. Bu boradagi muammolar yechimiga joylardagi mutasaddilar, xususan, har tumandagi to‘rtta sektor rahbarlari ham birdek mas’ul. Biroq, nima deysizki, sektor rahbarining o‘zi ancha-muncha odam qilmaydigan ishga qo‘l urib tursa?!

Joriy yilning 13-noyabr kuni, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi xodimlari iste’molchilarning energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligini o‘rganishi jaryonida P.Seitov ko‘chasidagi xonadonlar biri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi. Ya’ni, mazkur xonadon egalari tabiiy gaz hisoblagich uskunasi oldidan gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rezina shlang ulab, u orqali isitish qozoni va gaz plitasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan ekan. Surishtiruv davomida ushbu uyda shu tuman sektori rahbarlaridan biri istiqomat qilishi ayon bo‘ldi.

Albatta, holat yuzasidan joyida hujjatlar rasmiylashtirildi, yetkazilgan zarar hamda uzilgan tarmoqni qayta ulash uchun tegishli to‘lovlar undirildi.

Ammo o‘zi mas’ul bo‘lgan hudud mutasaddisining bunday xatti-harakati ko‘ngilda og‘riq uyg‘otarkan-da baribir...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring