Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayohat qiling va xarajatlaringizning bir qismini qaytarib oling!

Sayohat qiling va xarajatlaringizning bir qismini qaytarib oling!

2022 yilning sentyabr oyidan O‘zbekistonda sayohat qiluvchilar uchun keshbek olish tizimi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, sayyohlar «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ishga tushirilgan «Sayohat uchun keshbek» platformasi orqali respublika bo‘ylab sayohat qilib, sarflagan xarajatlarining bir qismini qaytarib olish imkoniga ega bo‘lishadi!

Keshbek olish tartibi qanday?

Buning uchun Siz quyidagicha yo‘l tutishingiz kerak:

1-qadam. Apple App Store yoki Google Play market platformalaridan Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olasiz;

2-qadam. Mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun tizimda shaxsingizni tasdiqlaysiz yoki suratdagi kabi ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yozib, raqamingizga kelgan kodni kiritasiz;

3-qadam. Ilovadan «Sayohat uchun keshbek» xizmatini topasiz;

4-qadam. Sayohat yo‘nalishini va sanalarini tanlaysiz (o‘zingiz boradigan joy va sanani belgilaysiz);

5-qadam. Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus chiptalarini ilovaga kiritasiz;

6-qadam. Sayohat davomida o‘zingiz joylashgan joylashuv maskani tarafidan taqdim qilingan QR kodli chekni skanerlash orqali ilovaga kiritasiz;

7-qadam. Sayohat davomida kamida 1 dona madaniyat maskaniga tashrif buyurib, madaniyat maskani tarafidan taqdim qilingan QR kodli chekni skanerlash orqali ilovaga kiritasiz;

8-qadam. Maroqli sayohatdan so‘ng «Sayohatni tugatish» tugmasini bosasiz va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazasiz.

Unutmang! Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) platformasi imkoniyatlari asosida tashkillashtirilgan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR -kod) ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Qaysi xarajatlarga keshbek beriladi?

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilgan holda amalga oshiriladi:

– Avia, temiryo‘l va avtobusdan foydalanish;

– Joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;

– Madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

Keshbek miqdori qancha?

– Aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

– Temiryo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

– Joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

– Teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Eslatib o‘tamiz: «Sayohat uchun keshbek» platformasi sentyabr oyidan ishga tushdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring