Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Saylovda qonun buzilishi holati bo‘ldimi?» — Bosh prokuror ma’lumot berdi

«Saylovda qonun buzilishi holati bo‘ldimi?» — Bosh prokuror ma’lumot berdi

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

«Men ham o‘zimni shu mamlakatning taqdiriga dahldor deb hisoblayman. Har bir ovoz ahamiyatli. Tongda 494-sonli saylov uchaskasida oilam bilan ovoz berdik. Saylov mamlakatdagi eng muhim siyosiy jarayon», — deydi Bosh Prokuror.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, soat 15:00 holatiga ko‘ra, saylovga oid qonun buzilish holatlari uchramadi va bu o‘yicha murojaatlar kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumanlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «O‘zbekiston 24», «UzReport» telekanallarida o‘zbek tilida hamda «Oilaviy» telekanalida - o‘zbek va rus tillarida efirga uzatib borilmoqda.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev kimki qonun buzilishiga guvoh bo‘lsa, 1007 raqamiga ma’lum qilishlarini so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring