Saudiyaning energiya giganti bilan 2,4 mlrd dollarlik shartnoma imzolanadi
Saudiya Arabistonining ACWA Power Co. kompaniyasi bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston hukumati bilan 1500 megavatt shamol energetikasi loyihasi bo‘yicha 2,4 milliard dollarlik shartnoma imzolaydi.
«Ushbu loyiha mintaqadagi va dunyodagi eng yirik quruqlikdagi shamol loyihasi bo‘ladi va O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha umumiy maqsadlariga 19 foiz hissa qo‘shadi», – deyiladi PIF (Saudiya Arabistoni Suveren Jamg‘armasi umumiy aktivlari 430 milliard dollarni tashkil etgan dunyodagi eng yirik suveren jamg‘armalardan biri hisoblanadi. U Saudiya Arabistoni hukumati nomidan mablag‘larni investitsiya qilish uchun yaratilgan)ga tegishli bo‘lgan energiya giganti bayonotida.
Loyihadan kutilayotgan natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan mazkur ob’yekt 1,65 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi va yiliga 2,4 million tonna uglerod chiqindilarini qoplashi kerak.
Moliyaviy yopilish 2023-yil oxirigacha kutilmoqda va loyiha 2026-yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushishi mumkin.
Bitim 25 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan imzolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter