Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz

Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz

Foto: «YouTube»

Yapon olimlari onkologik xastaliklarning 15 turini nuldan boshlab aniqlashning yangi turini topishdi.

«Hirotsu Bio Science Inc» kompaniyasi bosh direktori Xirotsu Takaaki olimlar qanday qilib nematoda chuvalchanglarini saratonga qarshi kurashga jalb qilishgani haqida so‘zlarkan, nematodalardan foydalanish saratonni aniqlashda tezkor va arzon, shuning barobarida, ayniqsa, oshqozon osti bezi saratoni kabi aniqlash qiyin turlarini tezroq topishda istiqbolli usul bo‘lishini ta’kidlagan.

«Ushbu usulga nematodalar (uzunligi 1 millimetr atrofidagi dumaloq chuvalchanglar)ning kimyoviy qo‘zg‘ovchilarga nisbatan harakatlanish reaksiyasi asos qilib olindi — bu chuvalchanglar o‘zlariga yoqqan hid tomon harakatlanadi va aksincha, o‘zlariga yoqmagan hiddan uzoqlashadi. Aytish kerakki, bu ilgari onkologiyada mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi usuldir. Chuvalchanglar bemordan olingan siydikka yaqinlashadimi yoki aksincha, biz shunga qarab saratonni aniqlaymiz», — dedi Xirotsu Takaaki.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, nematodalarga sog‘lom odamning emas, balki saraton xastaligi bor odamning siydigi «yoqarkan».

Bu usul bilan 15 turdagi o‘sma kasallikni aniqlash mumkin deyilmoqda. Bular: oshqozon, yo‘g‘on ichak, o‘pka, ko‘krak, bachadon, oshqozon osti bezi, jigar, prostata, qizilo‘ngach, tuxumdonlar, o‘t yo‘llari va o‘t pufagi, siydik pufagi, buyrak, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yo‘llari saratoni kabilar.

2019-yilning sentyabr oyida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nematodalar yordamida saraton xastaliklariga 86,8 foiz aniqlikda tashxis qo‘yilmoqda. E’tiborli jihati, kasallikning eng erta bosqichida ham tashxis aniqligi 85 foizni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring