Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini buzgan 3 nafar shaxs qamoqqa olindi

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini buzgan 3 nafar shaxs qamoqqa olindi

Kollaj: «Xabar.uz»

Sudlar tomonidan 192 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) ko‘zda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilgan mazkur ishlar natijasida 178 nafar shaxsga nisbatan jami 61 882 500 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan, 14 nafar shaxsga nisbatan ish yuritishdan tugatilgan. Alohida qayd etish kerak, 192 nafar shaxsning 8 nafari ayol, 3 nafari 60 yoshdan oshgan, 1 nafari chet davlat fuqarosi va 2 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdir.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro va Denov tumanlari hamda Chirchiq shahar sudlari ajrimlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,257-1-moddasi («Odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib keladigan darajada sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishga qasd qilish») 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha jami 3 nafar shaxsga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring