Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini boshqarish samaradorligini yanada oshirish masadida mamlakatimiz Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi.
Vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Prezident qarori bilan Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu vaqtgacha u Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Bahrom Almatov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter