Sanatoriya yo‘lanmasini noqonuniy olib bermoqchi bo‘lgan «uddaburon» ushlandi
![Sanatoriya yo‘lanmasini noqonuniy olib bermoqchi bo‘lgan «uddaburon» ushlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3621386244.jpg)
2018-yil 27-fevral kuni 1974-yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan olmazorlik Z.X.ni yana eski «dardi» tutib qoldi.
U poytaxt ko‘chalarida o‘ziga «o‘lja» qidirarkan, 1981-yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan, B.M. va 1978-yilda tug‘ilgan, biron kasbning boshini tutmagan O.K.ni uchratib qoldi. Ularni aldab, «Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Turon» sanatoriyasidan davolanish uchun yo‘llanma olib beraman» deb firibgarlik yo‘li bilan 1 ta yo‘llanma uchun 750000 so‘m, jami 1500000 so‘m pulini olib ketgan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter