Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

San’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan xabarga ko‘ra, Departamentning Toshkent shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.I. fuqaro G‘.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, ushbu institut katta o‘qituvchisi B.M. fuqaro Z.I.dan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.O‘. fuqaro I.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring