Samolyotlar va poyezdlar chiptalarining 50 foizlik chegirmasi saqlab qolinadi
Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari uchun avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda, Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan avia hamda poyezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.
Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Umuman, hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi.
Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining «Omikron» shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi, deyiladi xabarda.
2022-yil 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter