Samarqanddagi koloniyadan qochgan mahbus ushlandi
2019-yil 13-noyabr kuni o‘tkazilgan «Qidiruv» tadbiri davomida Samarqanddagi manzil-koloniyasidan qochgan shaxs ushlandi.
Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun tayinlangan jazoni Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida o‘tayotgan 1996-yilda tug‘ilgan J.G. u yerdan qochib ketgan va 2019-yil 9-oktyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.
U «Qidiruv» tadbiri davomida Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida qo‘lga olinib, Samarqand viloyat IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter