Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha muhim tadbir o‘tkaziladi
Ko‘hna va navqiron diyorda shu yilning 12-17 fevral kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti global tadbiri «Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash» bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi #CMSCOP14 bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Anjuman arafasida O‘zbekistonga yuqori darajadagi xorij delegatsiyalar vakillari tashrifi boshlandi.
Xususan, bugun Samarqand xalqaro aeroportida CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel kutib olindi.
Ma’lumot uchun: E.Frenkel xalqaro ekologik huquq va siyosat sohasida 30 yillik tajribaga ega. U BMTning bir qancha agentliklarida, AQSh hukumatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlarida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter