Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda qon preparatlari ishlab chiqariladi

Foto: SSV

Keyingi yillarda yurtimizda noyob yurak operatsiyalari, inson tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarining yo‘lga qo‘yilishi hamda xavfli kasalliklar diagnostikasining yaxshilanishi sababli sifatli qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortdi.

Xitoyning «Xindeyuan Bioengineering» kompaniyasi vakillari bilan ayni shu masalada muzokara o‘tkazildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Unda Samarqand viloyati «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 250 million dollarlik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish borasida muhim kelishuvga erishildi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq yurtimizda gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish uchun 128 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan 67 turdagi dori vositalari va reagentlar mamlakatimizga asosan chetdan keltirilmoqda.

Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydigan qon preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi aholining bunday preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamayishiga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring