Samarqandda o‘tayotgan Qur’on musobaqasida Qozog‘iston fojiasi qurbonlari haqiga duo qilinmoqda
2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston musulmonlari idorasidan ma’lum qilishlaricha, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida Qur’on tilovatlari qilinib, Qozog‘iston fojiasidagi marhumlarning haqiga bag‘ishlandi. Bunday savobli ishlar davom ettirilmoqda.
Qozog‘istondagi masjidlarda bugungi juma namozi paytida qurbonlarning haqiga duo qilinadi. O‘zbekistonda ham marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilib, duo qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tish kerak, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur fojiada qurbon bo‘lganlarning birlamchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter