Samarqandda fotoshantajchi qo‘lga olindi
Samarqandda birovni badnom qilmoqchi bo‘lgan tovlamachi qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB telegram-kanalida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi X.O. (1986-y.t.) ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning aytishicha, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan fotosuratlarini noma’lum shaxs ko‘chirib olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergan va bu sharmandali fotosuratlarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboraman, deb po‘pisa qilgan. 6 500 AQSh dollari, bir dona Apple iPhone 13 Pro smartfoni va bir dona erkaklar tilla zanjiri bersa niyatidan qaytishini aytgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tovlamachilik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Samarqand shahrida yashovchi T.U. (1987-y.t.) ekani aniqlangan. U o‘zi talab qilgan pullar, ayfon va tilla taqinchoqni olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan qo‘lga tushgan.
T.U.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter