Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand aeroportidan amalga oshiriladigan reyslar bekor qilindi

Samarqand aeroportidan amalga oshiriladigan reyslar bekor qilindi

Uzbekistan Airways Samarqand xalqaro aeroportidan amalga oshiriladigan muntazam qatnovlar texnik sabablarga ko‘ra vaqtinchalik bekor qilinganini ma’lum qildi.

12 dan 20-sentyabrgacha quyidagi reyslar bekor qilindi:

HY041/042, HY043/044, Toshkent – Samarqand – Toshkent;

HY275\276 Samarqand – Istanbul – Samarqand, HY605\606; Samarqand – Moskva – Samarqand;

HY767\768 Samarqand – Olmaota – Samarqand;

HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand.

HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlari Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga ko‘ra bekor qilinganini ma’lum qiladi.

Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring