Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati hokimiga matbuot kotibi tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga matbuot kotibi tayinlandi

Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori bilan Ixtiyorov Mirzo Rustamovich Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

M.Ixtiyorov tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Samarqand viloyati teleradiokanali» davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Manuchehr Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining matbuot kotibi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring