Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahriga yangi hokim tayinlandi

Samarqand shahriga yangi hokim tayinlandi

Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Oblakulov Boburmirzo Salomovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Umarov Fazliddin Karimovich nomzodi Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Fazliddin Karimovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring