Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqand Darvoza» yaqinidagi chuqur tekislandi

«Samarqand Darvoza» yaqinidagi chuqur tekislandi

Foto: Voditeli Tashkenta

Toshkent shahridagi «Samarqand Darvoza» savdo-ko‘ngilochar markazi avtoturargohi qarshisidagi yo‘lning asfalt qismi o‘pirilib tushgani haqida xabar bergan edik.

Shahar hokimligi matbuot xizmati «Podrobno» nashriga ushbu muammo hal etilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, guvohlar chuqurlik ikkinchi va uchinchi polosa o‘rtasida hosil bo‘lganini bildirgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan chuqur atrofi shox-shabba va bo‘sh qutilar bilan o‘rab qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin bu avtomobillar tirbandligining oldini olmagan.

— U yerga asfalt o‘tgan yili yotqizilgan, — deya ma’lum qilgan Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati. — Yo‘llar bir yilda bir marta ta’mirlanadi, chuqur tashlab asfaltlanadi. Har besh yilda reja bo‘yicha yo‘llar qoplamasi almashtiriladi — har chorakda ro‘yxat bo‘yicha ma’lum tumanda bunday ishlar amalga oshiriladi».

Hokimyat asfalt nima uchun o‘pirilib tushganiga aniqlik kiritmagan. Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, quvur yorilib ketgan. «Ayni vaqtda yo‘l tartibga keltirilgan, bu uchastkada tirbandliklar yo‘q», — dedi ma’murlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring