Samarqand aeroporti katta natija qayd etdi
Samarqand xalqaro aeroporti, Xalqaro aeroportlar Kengashining (Airports Council International, ACI Europe) Yevropa bo‘linmasi reytingida yo‘lovchi oqimi o‘sishi bo‘yicha Yevropaning eng yirik 5 aeroporti qatoriga kirdi.
Oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha Samarqand aeroporti mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida yiliga 100 mingdan 1 milliongacha yo‘lovchi oqimi bilan 4 - o‘rinni egallab, 2019-yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizga, 10 oy yakunlari bo‘yicha esa 3-o‘rinni egallab, 2019- yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga o‘sdi.
Aeroportning yo‘nalish tarmog‘i kengayishda davom etmoqda va joriy yil boshidan buyon Samarqanddan 7ta mahalliy va 20ta xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilmoqda. Ulardan tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralniy Vodi, Ufa, Samara va Urganch shaharlarga birinchi bor aviaqatnovlar ochildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter