Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva YuNESKO sobiq Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva YuNESKO sobiq Bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyev YuNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdi. 

«Bugun YuNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, «Og‘a Xon» jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda «Wilmotte & Accocies» arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdik.

Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan «Buyuk ipak yo‘li» muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishdik. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik», deya yozadi Mirziyoyeva.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasi ham ko‘zdan kechirilgan.

«Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratiladi», deya ta’kidladi prezident yordamchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring