Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning PR-markaziga kurator bo‘ldi
Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktoriga o‘rinbosar etib tayinlangan. Bu haqda Minbar.uz nashri xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qizi Saida Mirziyoyeva agentlikda endi O‘zbekistonning chet ellarda ijobiy imijini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi. PR-markaz kuratori sifatida Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning xorijdagi imijini yaxshilaydi. U shuningdek agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter