Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning to‘ng‘ich qizi ilmiy ishini kimga bag‘ishlaganini aytdi

Prezidentning to‘ng‘ich qizi ilmiy ishini kimga bag‘ishlaganini aytdi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqlagani xabar qilingandi. Prezidentning to‘ng‘ich qizi bu ishini kimga bag‘ishlaganini aytdi.

«Kecha men M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida «Mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi materiallari asosida)» mavzuida nomzodlik dissertatsiyamni himoya qildim. Ilmiy rahbarim – Vladimir Lvovich Kvint, uning nomi barcha iqtisodchilarga yaxshi tanish.

Ishim qabul qilindi.

Bu so‘zlar ortida ko‘p yillik tinimsiz mehnat yotibdi va shu bois, bu kun men uchun o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘ldi.

Menga ko‘pdan ko‘p tabriklar va tilaklar bildirildi. Ular orasida men uchun eng muhimi — dadamning e’tiroflari. Men uchun bu juda qadrli, chunki ishim aynan ularga bag‘ishlangan edi.

Ilm-fan yo‘nalishida karera qilishni istagan barchaga muvaffaqiyat tilayman! Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyatimizda oliy ma’lumotli ayol, olima ayol, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega ayol kamyob bo‘lmay qoladi.

Safimiz kengayadi! Men bunga ishonaman», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring