Rustam Madumarovga tegishli mulk auksionga qo‘yildi
Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan bilan auksionga qo‘yilgan. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich narxi yetti milliardan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.
e-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida ob’yektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.
«EDEL VEYS-ALI» ma’suliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan «Radio Grand» radiosi tegishliligi aytiladi.
Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8 may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
«EDEL VEYS-ALI» ma’suliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan, deb yozadi «O‘zA».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter