Rostov-Donda «Osh festivali» bo‘lib o‘tdi
![Rostov-Donda «Osh festivali» bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2039585656.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab 22-sentyabr kuni Rossiyaning Rostov-Don shahrida «Osh festivali» bo‘lib o‘tdi.
Festivalni O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Astraxan, Maxachqal’a va Rostov-Dondagi o‘zbek diasporalari hamkorlikda tashkil etdi.
Tadbir doirasida Rostov-Donning markaziy bog‘ida 20 kilogrammdan to‘rt turdagi palov — Toshkent, Andijon, Xorazm va bayram oshi tayyorlandi.
Barcha qozonlar bir paytda ochildi, sovuq havo va yomg‘irga qaramay, oshning hammasi 1 soatu 15 daqiqada tugadi.
Festival davomida bog‘da astraxanlik o‘zbeklar ijrosida qo‘shiqlar yangrab turdi. Festivalga shahar ma’muriyati, mahalliy diaspora vakillari oilalari bilan tashrif buyurishdi. Tadbir do‘stona kayfiyatda o‘tib, unda o‘zbekona mehmondo‘stlik alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi endi bunday festivalni yilda ikki bor — Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter