Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarini bekor qildi

Rossiyaning ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarini bekor qildi

Rossiyaning «Smartavia» va «I FLY» aviakompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim qilingan so‘rovnomalariga «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan ruxsatnomalar oldindan rasmiylashtirilgan.

Biroq, «Smartavia» aviakompaniyasi tomonidan 2022-yil 7-mart kuniga rejalashtirilgan Moskva – Urganch – Moskva yo‘nalishidagi parvoz bajarilmasligi yuzasidan aviakompaniya tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Shuningdek, «I FLY» aviakompaniyasi esa 2022-yil 5-martdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasiga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatganligi xaqida rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatiga taqdim etdi.

Bekor bo‘lgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pullarini qaytarish yoki chiptalarini boshqa muddatga qayta bronlash masalalari yuzasidan ushbu chiptalarni xarid qilgan aviakassalarga murojaat etishlari tavsiya etiladi.

Avvalroq Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring