Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik oshpaz qisqa muddatda shaurma tayyorlashda rekord o‘rnatdi

Rossiyalik oshpaz qisqa muddatda shaurma tayyorlashda rekord o‘rnatdi

Foto: «RIA NOVOSTI»

Rossiyaning Anapa shahri oshxonalaridan birida faoliyat yurituvchi oshpaz Artyom Ginosyan katta miqdordagi shaurmani uch minutda tayyorlab rekord o‘rnatdi.

Mazkur qiziqarli voqea Rossiya birinchi kanalining «Ya mogu» («Qo‘limdan keladi») ko‘rsatuvida namoyish etildi.

«Sputnik»ning qayd etishicha, Ginosyan o‘n porsiya shaurma tayyorlash bilan bir qatorda auditoriyani hayratda qoldirgan «uchuvchi pichoqlar shousi»ni namoyish qilgan.

Ginosyan tez tayyorlanadigan taomlar sotiladigan oshxonada ishlaydi, ish mobaynida ajabtovur harakatlar va improvizatsiyani xush ko‘radi.  Oshpazning aytishicha, ularning butun oilasi restoran biznesi bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring