Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natayotganlar jiddiy ogohlantirildi

Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natayotganlar jiddiy ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natuvchilarni ogohlantirdi. 

So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bog‘liq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.

Xususan, qarindoshlariga pul o‘tkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.

Ushbu holatlar bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.

«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o‘tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni, shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring