Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada mehnat migrantlari uchun yangi imtiyozlar joriy etildi

Rossiyada mehnat migrantlari uchun yangi imtiyozlar joriy etildi

Joriy yil 14-iyul kuni Rossiyada mehnat muxojirlari uchun ayrim imtiyozlarni beruvchi qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda patentga ega yoki Rossiya Federatsiyasida ta’lim olayotgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan farzandlarining vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishi mumkin bo‘ladi.

«Vizasiz» mamlakatlar fuqarolari (shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham) Rossiya Federatsiyasidan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi tashrif maqsadini o‘zgartirishi mumkin.

Buning uchun IIV Migratsiya boshqarmasiga bildirishnoma bilan murojaat qilish kerak. Tashrif maqsadini patentga ariza berishda darhol «ish»ga o‘zgartirishi mumkin.

Agar chet el fuqarosi STIR (INN)ga ega bo‘lsa va uni arizada ko‘rsatgan bo‘lsa, patent olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmaydi. STIR (INN) bo‘lmasa, bu muddat 10 ish kunini tashkil qiladi.

Shuningdek, Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan chet el fuqarolari yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolari ishlashi mumkin.

Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilingan taqdirda, chet el fuqarosi 15 kun ichida Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqib ketishi kerak.

Ushbu o‘zgarishlar 2022-yil 14-iyuldan kuchga kirdi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring