Shavkat Mirziyoyev Penzadagi fojia bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyada halok bo‘lgan yetti o‘zbekistonlikning jasadini qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda FVV ma’lumot berdi.
9 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida, vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyaning Penza viloyatida ayanchli YTH sodir bo‘lib, unda o‘zbekistonliklar halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter