Rossiyada barcha migrantlarga yagona hujjat beriladi
Loyiha IIV tomonidan tayyorlangan. U kelasi yildan ishlay boshlaydi.
Kartani RFda 30 kundan ortiq qolishni istagan barcha chet elliklar olishlari kerak bo‘ladi. Bu hatto sayyohlarga ham tegishli.
Migrantlar 30-kuni barmoq izlarini topshirishlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari (OIV va giyohvandlik yo‘kligi) va ID-kartani olishlari kerak.
Karta rasmiy ravishda shaxsni tasdiqlaydi. Odam o‘zi bilan birga milliy pasport olib yurishi shart bo‘lmaydi. Karta 10 yil davomida amal qiladi.
RFda chet elliklar uchun hozirgi tartiblar bekor qilinadi – ishlash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP), VNJ va boshqalar.
Uchta bo‘lish tartibi kiritiladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va doimiy.
Rossiyada ketma-ket 30 kundan ortiq yoki yiliga 90 kun davomida yashaganda, qisqa muddatli yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) belgisi bilan migrantning elektron kartasini olish kerak.
Uzoq muddatli va doimiy yashash erkin ishlashga imkon beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter