Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya temiryo‘l qurilishiga o‘zbeklar jalb qilinadi

Rossiya temiryo‘l qurilishiga o‘zbeklar jalb qilinadi

«Rossiya temir yo‘llari» OAJ boshqaruvi raisi Oleg Belozerov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘ratasidagi transport va logistika hamkorligi masalalari hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam yo‘lovchi temir yo‘l qatnovini bosqichma-bosqich qayta tiklashga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish borasida ham kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda Rossiya hududida temiryo‘l infratuzilmasi ob’yektlarini qurish uchun O‘zbekistondan malakali kadrlarni jalb etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan, «Rossiya temir yo‘llari» OAJ va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida temir yo‘l infratuzilmasi ob’yektlarini qurish uchun O‘zbekistonning malakali mehnat resurslarini jalb qilishni tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida Memorandum imzolandi, — deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring