Rossiyaning ayrim shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati bir kun etib belgilandi

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining «FIFA 2018 – Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish davrida xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining 2018-yil futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq hududlarida hamda ular atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo‘llaniladi va ushbu hududlar uchun chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga o‘zgarishlar kiritiladi.
Farmonga muvofiq, 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi shaharlarida chet el fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish muddati Rossiyaga kirib kelgan kundan e’tiboran 1 kun qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu o‘zgarishlarga alohida e’tibor berishlari zarurligini eslatdi. Aks holda ya’ni ro‘yxatdan o‘tish yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida amalga oshirilmasa, bu holat ma’muriy qonun buzilishi deb baholanadi va keyinchalik Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishni taqiqlashga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter