Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rosatom «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro ko‘rgazmasida istiqbolli yadro texnologiyalarining taqdimotini o‘tkazdi

Rosatom «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro ko‘rgazmasida istiqbolli yadro texnologiyalarining taqdimotini o‘tkazdi

Rosatom «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro ko‘rgazmasida istiqbolli yadro texnologiyalarining taqdimotini o‘tkazdi

24-26 aprel kunlari Toshkentdagi ko‘rgazmada «Rosatom» davlat korporatsiyasi uchta: «Barqaror energiya tizimi va ekologik yechimlar», «Raqamli kelajak» va «Yadro tibbiyoti va texnologiyalari» dasturlari doirasida istiqbolli texnologiyalar va mahsulotlar taqdimotini qildi, – deb xabar beradi Rosatom matbuot xizmati.

Ko‘rgazmada sog‘liqni saqlash sohasiga tegishli yadro texnologiyalariga bag‘ishlangan blok alohida o‘rin tutdi.

«Rosatom» Davlat korporatsiyasi bugungi kunda, onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashda ishlatiladigan izotopli xom ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchilarining jahondagi eng yirik beshtasidan biridir.  

Bundan tashqari, korporatsiya nurlantirib davolash va braxiterapiya uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi va yadro tibbiyoti markazlarini qurish loyihalarini ham amalga oshiradi. Jumladan, nafaqat Rossiyada va chet ellarda, balki O‘zbekistonda ham tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sterilizatsiya qilish bo‘yicha ko‘p funksiyali markazlar tarmog‘ini qurmoqda. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kichik tos a’zolari, ko‘krak bezi, qizilo‘ngach, tomoq-burun va og‘iz bo‘shlig‘ining onkologik kasalliklarini kontaktli nurlantirish terapiyasi orqali majmuiy davolash uchun mo‘ljallangan «Braxium» gamma-terapevtik uskunasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

«Bugungi kunda Rosatom sog‘liqni saqlash sohasidagi barcha xizmatlar majmuini taklif etadi. Bunga izotoplar majmui, radiofarmatsevtikaga oid dori-darmonlar ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nurlanish vositasida qayta ishlash, shuningdek, tibbiy infratuzilma ob’yektlarini bunyod qilish kiradi. Biz amaliyotdagi ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali Markaziy Osiyo fuqarolari uchun yadro tibbiyotining sifati va undan hamma foydalana olishi imkoniyatlarini oshirib borishga tayyormiz», – deb ta’kidlaydi Rusatom Xelskea bosh direktori Igor Obrubov.

Energetika sohasi uchun yechimlar blokida, ko‘rgazma ishtirokchilari energetika ob’yektlari xodimlarini o‘qib-o‘rganishlari uchun mashqlar bajarish simulyatoriga, energetika ob’yektlarining asliga o‘xshash raqamli nusxalariga, shuningdek matematik modellashtirish uchun dasturiy ta’minotga e’tibor qaratdilar. Bunday qurilmalar SSER-reaktorli AES lardan foydalanuvchi tashkilotlar mutaxassislarining boshlang‘ich tayyorgarligini o‘tkazishga, shuningdek IEM, IES, GRES, GES mutaxassislarini tayyorlashda qo‘l keladi.

Shuningdek, «Raqamli kelajak»da Rosatom Markaziy Osiyoda sanoat korxonalari uchun ishonchli raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etdi. Raqamli ekotizim tarkibiga murakkab IT-tizimlarini ishlab chiquvchilar va integratorlar, bulutli va infratuzilma yechimlari, aloqa operatorlari, shuningdek Rossiyadagi eng yirik data-markazlari tarmoqlaridan birining operatori va integratori kiradi.

Ko‘rgazma doirasida Rosatomning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yashil energetikaning turli sohalaridagi hamkorligi haqida keng ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bunda atom generatsiyasidan tashqari, Rosatom shamol energetikasi, energiyani saqlash va GES lar qurilishi yo‘nalishlaridagi o‘z yechimlarini taklif qilishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring