Vengriyada bo‘lajak o‘zbekistonlik yadro mutaxassislari tayyorlanadi – Peter Siyarto
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto o‘zining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan suhbati yakunlari haqida qisqa ma’lumotni e’lon qildi.
«O‘zbekiston 2030 yilga borib elektr energiyasiga bo‘lgan talab ikki baravar oshishini hisobga olib, atom elektr stansiyasini qurishga hozirlik ko‘rmoqda.
Biz vengerlar ham shunday qilyapmiz, Pakso shahrida ikkita yangi blokni qurishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, atom energetikasi sohasida bir necha o‘n yillik tajribamiz borligi sababli, biz Vengriyada bo‘lajak o‘zbekistonlik yadro mutaxassislarini tayyorlashni allaqachon boshlaganmiz», – deydi Siyarto.
Shuningdek, Vengriya diplomati agar O‘zbekiston «Rosatom» bilan yangi elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolasa, Vengriyaning sovutish texnologiyasidan foydalanishga kelishib olinganini ma’lum qildi.
«Bu 100 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma bo‘ladi. Bu esa Vengriyaning eng muhim energiya eksportidan biri bo‘lishi kutilyapti», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter