Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Restoran va tamaddixonalarda saharlik berish taqiqlangan...mi?

Restoran va tamaddixonalarda saharlik berish taqiqlangan...mi?

Foto: «uza.uz»

Aynan mohi ramazon oyida internet ijtimoiy tarmoqlarida restoran va tamaddixonalarda saharlik qilishga ruxsat bormi yoki yo‘q, degan savollar aylanmoqda. Shunga qaramasdan mazkur masalaga biror bir rasmiy idora yoki mutasaddilar rasmiy javobni hozircha bergani yo‘q. Rasmiy tashkilotlar xavfsizlik chorasidanmi yoki boshqa vaj bilan ko‘pincha tamaddixonalarning saharlik berishini taqiqlaganlar. 
 
Poytaxt aholisi esa bu jumboqqa javob kutmoqda. Shu sababli, «uza.uz» sayti muxbiri ayni masalaga oydinlik kiritish uchun «Hokimning bir ish kuni» loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulovdan javob olishga urindi. Biroq Turdiqulov mazkur masalalarni chetlab o‘tishga harakat qildi va tamaddixonalarda saharlik qilishga javob berish yoki taqiqlash ishlari qaysidir tashkilotning bo‘ynidagi masala, degan javob bilan kifoyalandi. To‘g‘rirog‘i hokim o‘rinbosari bu savollarimizga aniqlik kiritishni yoki tegishli tashkilotdan javob olib berishni istamadi. 
 
Aholi orasida hamon dolzarb bo‘lib turgan savolga tegishli idoralardan javob kutib qolamiz.
 
Anora Sodiqova.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring