Restoran va kafelarning tunda ishlashiga ruxsat beriladi
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturiga muvofiq, restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar ob’yektlarning tunda ishlashiga ruxsat beriladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Shu yilning 10-fevraliga qadar restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar ob’yektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash talablari, ushbu ko‘ngilochar ob’yektlarni tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutilgan maxsus hujjat loyihasi ishlab chiqilishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter