Rasul Kusherbayev majlisda nima uchun qora ko‘zoynak taqib qatnashganiga izoh berdi
Deputat Rasul Kusherbayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qora ko‘zoynak taqqan holda qatnashdi. Palata tarixida ilk bor onlayn efirda namoyish etilgan majlisdagi ushbu holatga ko‘pchilik e’tiboriga tushgan.
Rasul Kusherbayevning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, u ko‘zida qizarish va shish borligi uchun majlisda qora ko‘zoynak taqib qatnashishga majbur bo‘lgan.
«Bir oycha avval ko‘zimga yara chiqqandi. Qizarish va shishlar bor. E’tibor bermay yurgandim. Hozir davolanyapman. Ko‘zoynakni ham bir haftadan buyon taqib yuribman. Uyda o‘tirib, dam olsam ham bo‘lardi. «Ko‘zi og‘rigani uchun ham yotib olibdi», degan gaplar bo‘lmasin deb ishga chiqdim. Boz ustiga ish ham ko‘p… Yorug‘da ishlashga ozroq qiynaldim, shu bois ko‘zoynak taqishga majbur bo‘ldim. Bir-ikki kunda ko‘zoynakdan xalos bo‘laman», — degan deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter