Rasul Kusherbayev: «Ko‘zlar ochilguncha, hurmatli «buzuvchi» va «quruvchi»lardan qonunlarni hurmat qilishlarini so‘rardik»
Xalqning ishonchini qozonib, xohish irodasini ifoda etayotgan hujjatlarni oyoqosti qilib, «xalq xizmatchisi»ga aylanayotganlarga va ayniqsa, ayrim hokimlarga ko‘chmas mulkidan ayrilib hammasidan to‘yib yurganlar nomidan maxsus «tashakkurlar!», deb yozadi Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev.
So‘nggi haftalarda buzilaverib trend darajasiga chiqib, «egilib» qolgan normativ huquqiy hujjatlar va talablar:
- «Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir» (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig 53-moddasi);
- «Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi» (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig 54-moddasi);
- «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun;
- Prezidentning 01.08.2018 yildagi 5495-sonli «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 2-3 bandlari;
- Vazirlar Mahkamasining 29.05.2006 yildagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizomi.
Hujjatlar egilayapti, biroq singani yo‘q, chunki ular hali ham kuchda. Faqat noma’lum vaqtgacha ko‘zlar ko‘r, quloqlar kar. Shu bois, ko‘zlar ochilguncha, hurmatli «buzuvchi» va «quruvchi»lardan qonunlarni o‘zlari kabi hurmat qilishlarini so‘rardik (ko‘z ochilsa, qonunlar buzilmaydi). Zero qonunga hurmat – xalqga hurmat belgisi, deydi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter