Rasul Kusherbayev: «Botanika bog‘i»dan «soqqa» qilishmoqchi
Endi «Botanika bog‘i»dan ham ayrilamizmi? – degan savolni qo‘ymoqda Rasul Kusherbayev.
Davaktiv agentligi ishlab chiqqan ushbu Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha istirohat bog‘lari hokimliklar huzurida tuziladigan «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyasi»ga o‘tkaziladi.
Direksiyalar istirohat bog‘larida savdo, pullik xizmat ko‘rsatish, ob’yekt va yer uchastkalarini ijaraga berish vakolatiga ega bo‘lmoqda.
Loyiha mualliflari shu bahonada Fanlar akademiyasiga qarashli noyob daraxt, o‘simlik turlari mavjud, aholi toza va salqin havosi uchun boradigan Toshkentdagi «Botanika bog‘i»ni ham hokimiyatlarning ushbu cho‘ntak direksiyasiga bermoqchi.
Afsuski, o‘tmishda «Botanika bog‘i» hududiga Toshkentning ko‘plab sobiq hokimlari ham ko‘z olaytirishgan.
Agar bog‘ hokimiyatga o‘tsa, u olimlar qaramog‘idagi tabiat dunyosi ob’yektidan, biznes ob’yektiga aylanadi. Va daraxtzor o‘rni qurilish maydoniga aylanadi. Chunki hokim va uning jamoasida bundan ortiq ish qilishga salohiyatning o‘zi yo‘q. Maqsad: «soqqa» qilish.
Biroq umid qilamanki, jamoatchilik bunga jim qarab turmaydi! – deb yozadi Rasul Kusherbayev.
Avvalroq ekopartiya ham Hukumatning ushbu qarori loyihasiga qarshi chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter