Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Rustam Inoyatov vazifasidan ozod etildi. MXX tuzilmasida yana qator tayinlovlar ro‘y beradi

Rasman: Rustam Inoyatov vazifasidan ozod etildi. MXX tuzilmasida yana qator tayinlovlar ro‘y beradi

Foto: «Sinxua»

Biroz avval O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov vazifasidan ozod etilib, o‘rniga respublika Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev tayinlanishi haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar rasman o‘z tasdig‘ini topdi.

«Xalq so‘zi onlayn» nashri xabariga ko‘ra, MXX tuzilmasida yana bir qator tayinlovlar ro‘y berishi kutilmoqda.

«Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisligidan olinib, uning o‘rniga shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vazifasida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.

General-polkovnik Rustam Inoyatov 1995-yil yozidan buyon uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ixtiyor Abdullayev 2015-yil 20-apreldan buyon respublika Bosh prokurori sifatida ishlab kelayotgan edi. MXX tuzilmasida yana bir qator tayinlovlar ro‘y berishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring