DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga yana «qo‘shib berildi»
DXX sobiq raisiga tayinlangan jazoga yana bir yil, uning sobiq birinchi o‘rinbosariga esa 3 yil qo‘shildi.
Bugun sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan sud hukmi e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
Xabarda DXX sobiq raisi I.Abdullayev va uning o‘rinbosari J.Igamovlarga nisbatan ham jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetgani va sud hukmi e’lon qilingani aytiladi.
Sud majlisi yakuniga ko‘ra, «Abdullayev ishi» figurantlariga nisbatan avval tayinlangan jazolarga sezilarli darajada muddat qo‘shilgani anglashiladi. Negaki, Harbiy sudning 2019-yil 27-sentyabr kunigi hukmi bilan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yil muddatga, uning sobiq birinchi o‘rinbosari Jahongir Igamov 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Demak, bugun yakunlangan sud yakuniga ko‘ra, I.Abdullayev nisbatan avval tayinlangan jazoga yana bir yil, J.Igamovga esa 3 yil qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter