Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli kodlar: dori vositalari aslligini tekshirish imkoniyati

Raqamli kodlar: dori vositalari aslligini tekshirish imkoniyati

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tovarlar aynan aylanmani boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi - raqamli markirovkalash orqali kontrabanda va kontrafaktdan himoyalanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi «Ayrim turdagi tovarlarni raqamli markirovkalashni majburiy joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda ham shunday foydali tizim mavjud. Uning operatori «CRPT TURON» hisoblanadi.

2021-yilda mamlakatimizda tamaki va alkogolli mahsulotlar, dori vositalari, maishiy texnika, suv va yaxna ichimliklarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Tajribalarni tugatgandan so‘ng, ushbu turdagi mahsulotlarda tizimni tadbiq etish majburiy bo‘ladi. Dori-darmonlarga kelsak, ularni majburiy markirovkalashning birinchi bosqichi joriy yilning 1 sentyabrida boshlanadi.

Tizim haqida

Raqamli markirovkalash hamma uchun foydalidir - iste’molchi, biznes va davlat uchun. Shunday qilib, xaridor faqat sifatli va qonuniy tovarlarni sotib oladi, davlat shaffof bozorni, soliq va bojxona to‘lovlarini oshirish imkoniyatiga yega bo‘ladi. Tadbirkorlarning daromadlari ortadi, raqobat uchun teng sharoitlar yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirish natijasida, xarajatlar kamaydi va boshqa ko‘plab ishlar amalga oshiriladi.

Iste’molchilar markirovkalangan mahsulotni qadog‘idagi maxsus Data Matrix kodi mavjudligi orqali taniy oladilar. Tashqi tomondan, u faqat ko‘p sonli belgilar bilan QR kodiga o‘xshaydi. «Asl belgisi» maxsus mobil ilovasi orqali tovarlarning haqiqiyligini tekshirish mumkin. Bu bepul va uni Google Play va App Store do‘konlarida osongina topish mumkin. Ya’ni, iste’molchi ilovaga o‘tishi va qadoqdagi ushbu kodni skanerlashi kerak. Tizim sizning oldingizdagi dori vositasi asl yoki qalbaki ekanligini, shuningdek, boshqa zarur ma’lumotlarni darhol sizga ma’lum qiladi. Bundan tashqari, kod yordamida iste’molchi tovarlarning butun yo‘lini kuzatishi mumkin - konveyerdan dorixona peshtaxtasigacha.

Faqat asl dorilar

2022-yil 2-aprelda Vazirlar Mahkamasining «Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, tizim bosqichma-bosqich tadbiq etiladi:
• 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab ikkilamchi (tashqi) qadoqdagi dori vositalari (orfan dori vositalaridan tashqari);
• 2022-yil 1-noyabrdan birlamchi (ichki) qadoqdagi va angropreparatdagi dori vositalari (orfanlardan tashqari);
• 2023-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlarni ro‘yxatiga kirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarisida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari;
• 2025-yil 1-fevraldan boshlab ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda markirovkalanadi.

Yirik ishlab chiqaruvchilar markirovkaga tayyor

Tizim operatori ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy RG egalarining akkreditatsiyalangan vakolatxonalari jarayonni boshlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Milliy katalog» axborot tizimida 4000 ga yaqin dori vositalari nomi ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘z navbatida, «NIKA PHARM», «SERENE HEALTHCARE» va yana bir qator yirik kompaniyalar allaqachon o‘z mahsulotlarini ikkilamchi qadoqda raqamli markirovka kodlarini qo‘llashni yo‘lga qo‘ygan. Zavodlarda zarur uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular har bir mahsulot uchun noyob bo‘lgan Data Matrix kodlarini qo‘llaydi.

«2021 yilning dekabr oyida tajriba loyhasi doirasida agregatsiya va sterelizatsiya bosqichlarini o‘tkazdik. Tajriba loyhasidan yaxshi natijalar bilan yakunladik. O‘shanda 100 ming dona dori vositasi qadog‘iga Data Matrix kod qo‘llab, savdoga chiqardik. Hozirda Asl Belgisi «Milliy Katalog» axborot tizimida 130dan ortiq dori nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazdik. Hozirda 15dan ortiq dor vositalari markirovkalash kodlari bilan ishlab chiqarilmoqda. 1-sentabrdan boshlab 100 foiz markirovkalangan dori vositalarini ishlab chiqarishni rejalashtirdik»- deya xabar berdi «NIKA PHARM» MChJ ishlab chiqarish direktori Sherzod Karabayev.

«Albatta, markirovkalash mamlakatga kontrafakt mahsulotlar importini kamaytirishga yordam beradi. Har qanday avtomatlashtirish jarayoni samarali ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Uni amalga oshirish vaqt talab yetadi va faqat innovatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish ma’lumotlar bazasini yaratishda xatolardan qochadi. Raqamli markirovka tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishi mamlakatimizdagi har bir iste’molchi salomatligi xavfsizroq bo‘lishiga ko‘maklashadi», — deya izoh berdi Grand Medical Group vakolatxonasi rahbari Alisher Jumaniyozov.

Samarali vosita

Bugungi kunga qadar tizimda farmatsevtika bozorining 248 ishtirokchisi ro‘yxatga olindi, 18,5 million kod berildi. Shunday qilib, 1 sentyabrdan boshlab biz dori vositalarining haqiqiyligini tekshirishga tayyorlanyapmiz, chunki jamoatchilik nazorati qalbakilashtirishning asosiy dushmanlaridan biridir. Bu kurash uchun bepul vosita («Asl belgisi» ilovasi) mavjud. Qisqa soniyalarda mahsulot aslligini bilish va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga ko‘maklashadigan bu vosita samarali jamoat nazoratini ham taqdim etadi.

Umid qilamizki, yaqin kelajakda markirovkalanadigan mahsulotlar ro‘yxati kengayadi.

Bu esa o‘z navbatida axoli salomatligi va xavfsizligini garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring