Rahmonbek Usmonov yangi lavozimga tayinlandi
Ko‘p yillardan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Keyinroq Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Husniddin Ergashev tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, Rahmonbek Usmonov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabar noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan edi.
Saytimizga xabar berishlaricha, Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Toshkent shahriga kim hokim bo‘lgani haqida hozircha yangilik yo‘q. Bizni kuzatishda davom eting.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter