Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda

Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda

Foto: Xabar.uz

Radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilingani aytilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda foto va videoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikdan ozod bo‘lishi, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilgani haqida xabar qilingandi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirish berishicha, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuboriladi.

Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

Avval ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘lishi to‘g‘risidagi tartib kiritilgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring