Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi fojiada qurbon bo‘lganlardan faqat 32 nafarining shaxsi aniqlandi

Qozog‘istondagi fojiada qurbon bo‘lganlardan faqat 32 nafarining shaxsi aniqlandi

Foto: Qozog‘iston FVV

O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev boshchiligida Oqto‘ba viloyatiga yetib borgan edi. Ularga fojiada omon qolganlar va marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish vazifasi topshirilgan edi.

Bugun, 19-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasi yong‘inda tirik qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik yotgan viloyat intensiv terapiya klinik shifoxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Oqto‘ba viloyati akimiyatida Qozog‘iston IIV, Investitsiya va taraqqiyot, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar sog‘lig‘ini saqlash vazirligi va boshqa idoralar bilan birga ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yerlan Turgunboyevning ma’lum qilishicha, qurbon bo‘lganlardan faqat 32 nafarining shaxsi aniqlangan. Yong‘in xavfsizligi guruhi avtobusda yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring