Qumqo‘rg‘ondagi muhtoj oilaga boshpana qurib berildi
Davlatoy va Saida Xudoyqulovalarning onasi vafot etgan. Otasi esa ikkinchi guruh nogironi. Ular uvalanib ketayotgan, xatto derazasi ham yo‘q ikki xonali uyda istiqomat qilishardi. Voyaga yetgan opa-singillar ostonasidan xademay sovchilar kela boshlaydi, biroq shu kunga qadar sovchilarni qarshilashga biror tuzukroq xonaning o‘zi yo‘q edi. Soat aka Eshqobilov qizlarining taqdirini o‘ylab yuragi eziladi, ammo sharoitni yaxshilashga, yangi uy qurishga imkoni yetmaydi, topgani esa ro‘zg‘ordan ortmaydi. Ushbu xonadon egalari Qumqo‘rg‘on tumani «Xo‘jamulki mahallasida istiqomat qilishadi.
Yurtboshimiz raxnamoligida xalqning dardiga quloq tutish, ularning manfaatlarini himoya qilish kabi insonparvarlik siyosati tufayli, tuman hokimi Raxmatulla Gapparov va sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganishlar natijasi o‘laroq, qanchadan-qancha fuqarolarning muammolariga ijobiy yechim topilmoqda.
Ushbu oilaga ham tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylik asosida yangi uy qurib berildi. Kechagina yangi boshpanali bo‘lishni tasavvur ham qilmagan Davlatoy va Saidalar, bugun yangi orzu-umidlar bilan yangi uyga qadam qo‘yishdi. Soat akaning ham katta muammosi aridi. Savob umididagi saxovatpesha, mehr oqibatli insonlar ham qo‘ldan kelgancha o‘z hissalarini qo‘shishdi. Yangi uyga yangi gilamlar to‘shaldi, yangi ko‘rpachalar tikildi. Televizor, mikroto‘lqinli pech sovg‘a qilindi. Xonadon egalari uchun qo‘shaloq bayram, yangi yilning kirishiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada hayrli bo‘ldi.
— Bugungi quvonchimni tariflab berolmayman,— deydi Davlatoy. — Yangi vatanli bo‘ldik, endi hech kimdan uyalmaymiz, boshimiz ham egik bo‘lmaydi. Qishning sovuq xavosi ham endi bizni qo‘rqitolmaydi, chunki bizning ham issiq boshpanamiz bor. Murojaatlarimizni e’tiborsiz qoldirmagan tuman hokimiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Tumanda xuddi shunday og‘ir sharoitda yashayotgan, himoyaga muhtoj yana to‘rtta oilalarga uy qurib berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter